AsosiyDunyo

Vengerlar “qullik qonuni”ga qarshi chiqishmoqda

'Vengerlar “qullik qonuni”ga qarshi chiqishmoqda 'ning rasmi

Vengriyaning Budapesht shahrida mehnat sohasini isloh qilishni talab qilib minglab odamlar ko`chalarga chiqishgan, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

O`tgan haftada qabul qilingan yangi qonun odamlarning noroziligiga sabab bo`lgan va oqibatda namoyishlar boshlangan edi. Ayni vaqtga kelib, odamlar butun shahar bo`ylab namoyishlar o`tkazishmoqda. Ularga muxolifat partiya vakillari va kasaba uyushmalari ham kelib qo`shilgan. Vengriyaliklar “Biz chekinmaymiz”, “Biz qul emasmiz” kabi shiorlarni ko`tarib olishgan. Ular qo`shimcha ish soatlarini joriy qilishga qaratilgan qonun bekor qilinmaguniga qadar to`xtamasliklarini ta`kidlashmoqda.

    Boshqa yangiliklar