AsosiyJamiyat

Aliment to`lamagan 4 nafar shaxsga ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi

'Aliment to`lamagan 4 nafar shaxsga ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Uchko`prik tuman bo`limi, tuman prokuraturasi va ma`muriy sudi tomonidan tumanda yashovchi to`lov intizomiga rioya qilmayotgan 70 dan ortiq aliment to`lovchi fuqarolar ishtirokida sayyor sud o`tkazildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi Farg`ona viloyati boshqarmasi xabar qilmoqda, deb yozmoqda O`zA.

Sayyor sud jarayonida dastlab aliment to`lovchi hamda aliment olayotgan shaxslar bilan ochiq muloqot o`tkazilib, ularga qonun hujjatlari mazmun mohiyati tushuntirildi Shundan so`ng, Uchko`prik tuman ma`muriy sudi tomonidan aliment to`lamayotgan shaxslarga nisbatan to`plangan o`nga yaqin ma`muriy ish ochiq sayyor sudda ko`rib chiqildi.

Begobod qishlog`ida yashovchi fuqaro A.Abdunazarov sud buyrug`iga asosan bir nafar voyaga etmagan farzandi uchun 10 million so`m hamda Gul qishlog`ida yashovchi N.Turdimatov bir nafar voyaga etmagan farzandi uchun 18 million so`m aliment pullarini to`lashdan bo`yin tovlab kelgan.

Sayyor sud natijasiga ko`ra 4 nafar aliment to`lashdan bo`yin tovlab kelgan shaxslarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning tegishli moddasiga asosan 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Bundan to`g`ri xulosa chiqargan bir necha aliment to`lovchilar qarzdorligini shu kunning o`zida bartaraf etdi.

Shu bilan birgalikda, ochiq muloqot chog`ida ko`plab aliment to`lovchilar ishsiz ekanliklari haqida ma`lum qilganliklari sababli tuman Bandlikka ko`maklashish markazida bo`sh ish o`rinlari yarmarkasi tashkil qilindi va yarmarka jarayonida 6 nafar aliment to`lovchi shaxslarga ishga joylashishi uchun yo`llanma berildi. Bu esa o`z navbatida, voyaga etmagan farzandning sarmoyasi demakdir.

    Boshqa yangiliklar