AsosiyJamiyat

Qamchiq dovonida havo harorati keskin pasayishi kutilmoqda

'Qamchiq dovonida havo harorati keskin pasayishi kutilmoqda'ning rasmi

18 dekabr kuni O`zbekistonning g`arbiy hududini Farg`ona vodiysi bilan bog`lovchi Qamchiq dovonining A-373 "Toshkent-O`sh" avtomobil yo`lida kuchli qor yog`ishi va yo`llar muzlashi kuzatiladi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bergan.

Ma`lum qilinishicha, 18 dekabr kuni Qamchiqda havo harorati kunduzi -3 darajagacha tushishi, tunda esa -8 darajagacha tushishi kutilmoqda.

18-19 dekabr kunlari tuman tushadi, yo`lning ko`rinish chegarasi 50-100 m.ni tashkil qiladi. Shamol tezligi 20-25 m/s.gacha kuchayadi, yo`lda qor uyumlari to`planib, yaxlaydi.

Vazirlik havo harorati keskin pasayishi va yo`lda harakatlanishda noqulayliklar tug`ilishini inobatga olib, yo`lda ehtiyot choralarini ko`rishni so`ragan.

    Boshqa yangiliklar