AsosiyJamiyat

Moliya vazirligi tomonidan obligasiyalar muomalaga chiqariladi

'Moliya vazirligi tomonidan obligasiyalar muomalaga chiqariladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasining davlat g`aznachilik majburiyatlari va obligasiyalarini muomalaga chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqida "Huquqiy axborot" kanali ma`lum qildi.

Qarorga muvofiq, Moliya vazirligi tomonidan davlat g`aznachilik majburiyatlari va obligasiyalari muomalaga chiqariladi.

Shuningdek, qaror bilan O`zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog`ozlari chiqarilishlarining joylashtirilishi, muomalada bo`lishi va so`ndirilishi tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko`ra, qimmatli qog`ozlarning nominal qiymati bir million so`mni tashkil etadi.

Qimmatli qog`ozlarning joylashtirilishi Markaziy bank tomonidan auksion shaklida o`tkaziladi. Auksion shartlari haqidagi ma`lumot kamida etti kun avval e`lon qilinadi.

Qimmatli qog`ozlar oldi-sotdi bitim tuzish orqali ikkilamchi bozorda ham muomalada bo`ladi.

Qimmatli qog`ozlarni so`ndirish Markaziy bank tomonidan etti kun avval bu haqida e`lon qilinib amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar