AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yana bir ko`krak nishoni ta`sis etildi

'O`zbekistonda yana bir ko`krak nishoni ta`sis etildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining "Ma`naviy-ma`rifiy ishlar a`lochisi" ko`krak nishonini ta`sis etish to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.

Mazkur qaror bilan bu bo`yicha nizom tasdiqlandi.

Unga ko`ra, mazkur ko`krak nishoni bilan Qurolli kuchlar tizimida ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligini oshirishga munosib hissa qo`shgan harbiy xizmatchilar va fuqarolar, shuningdek O`zbekiston fuqarolari bo`lmagan shaxslar ham taqdirlanadi.

Ko`krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining to`rt baravari miqdorida bir yo`la to`lanadigan pul mukofoti oladi.

Xizmat burchini o`tash vaqtida halok bo`lgan harbiy xizmatchilar va fuqarolar ham ko`krak nishoni bilan taqdirlanishlari mumkin. Bu holatda ko`krak nishoni va pul mukofoti ularning oila a`zolariga topshiriladi.

Ko`krak nishoni bilan taqdirlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

    Boshqa yangiliklar