"O`zbekiston havo yo`llari" milliy aviakompaniyasining 3 millioninchi yo`lovchisi tantanali ravishda kutib olindi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko`ra, HY334 Dubay -Toshkent yo`nalishi bo`yicha parvoz qilgan Iskandar Fozilov milliy aviakompaniyaning 2018 yildagi uch millioninchi foydalanuvchisi bo`ldi.

Faxriy yo`lovchi Uzbekistan Airways ning maxsus maketli sovg`asi va sertifikat MAKning bepul chiptalari bilan taqdirlandi.







