Zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanadigan, ijtimoiy tarmoqlarda ancha faol bo`lgan Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov turdimov.uz saytini tashkil etdi.
Shu yilning iyul oyida Samarqand viloyatiga rahbar bo`lib kelgan E.Turdimov aholi bilan bevosita muloqot qilish maqsadida telegramda o`z messenjerini tashkil etib, murojaatlarni qabul qilishni boshlagan edi. Dekabr oyigacha telegram orqali 3200 ga yaqin murojaat kelib tushib, ularning aksariyati o`z vaqtida echim topgan.
Shuningdek, viloyat televideniesida hokimlar va ularning o`rinbosarlari, viloyatdagi boshqarma va idoralar rahbarlarining xalq bilan to`g`ridan-to`g`ri muloqotlarini yo`lga qo`ydi. Ushbu ko`rsatuvlar bir vaqtning o`zida viloyat hokimining feysbukdagi sahifasida namoyish etib borilmoqda.
turdimov.uz saytida Samarqand viloyatidagi yangiliklarni yoritish, xalq fikrining berib borishga alohida e`tibor qaratilgan.
17.12.2018 14:52
Erkinjon Turdimovning navbatdagi tashabbusi – turdimov.uz sayti ochildi






