Davlat xizmatlari markazlari ko`rsatgan xizmatlar uchun endi "Upay" tizimi orqali onlayn to`lov qilish mumkin. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligining Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo`limi xabar berdi.
Davlat xizmatlari uchun onlayn to`lovni amalga oshirishga "Upay" tizimining quyidagi sahifasi orqali o`tiladi.
Bizga ma`lum qilinishicha, davlat xizmatlaridan foydalanuvchilarga tez orada "Payme" va "Click" tizimlari orqali ham to`lovni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.






