AsosiyDunyo

2018 yilda koinotdan olingan g`aroyib fotosuratlar e`lon qilindi

'2018 yilda koinotdan olingan g`aroyib fotosuratlar e`lon qilindi'ning rasmi

RIA Novosti 2018 yil davomida koinotda olingan eng g`aroyib fotosuratlar jamlanmasini e`lon qildi. E`tiboringizga ularning ayrimlarini havola etamiz.

Venaraning optik va ultra binafsharang diapazondagi ko`rinishi. Mazkur surat Yaponiya kosmik agentligining “ Akasuki" zondi yordamida olingan.

2.jpg

“Xabbl” teleskopi parvozining 28 yilligiga bag`ishlab Evropa kosmik agentligi tomonidan e`lon qilingan fotosurat. Unda Lagun tumani tasvirlangan. Ushbu yulduzlararo tuman Erdan 4 ming yorug`lik yili uzoqlikda joylashgan.

3.jpg

Marsoxod “Curiosity”ning Qizil sayyorada kuchli chang bo`roni vaqtida kadrga muhrlagan o`ziga xos “selfi”si.

4.jpg

Kassiopeya yulduzlar tizimi olimlarga Quyosh tizimining 4,5-5 milliard yildan keyingi holatiga ishora bermoqda.

5.jpg

Noyob hodisa - atmosfera o`zidan yog`du taratmoqda.

6.jpg

Sayyoralararo zond “ Juno”ning Yupiterdan uzatgan fotosurati. Unda ulkan sayyora ajoyib rakursda tasvirlangan.

7.jpg

Xalqaro kosmik stansiya.

8.jpg

Qizil sayyoradan uzatilgan ilk tasvir. Shu yilning noyabr oyida Mars ekvatoriga qo`ngan “InSight” apparati kadrga muhrlagan.

9.jpg

Marsdagi noyob moviy tepaliklar. Qizil sayyora sathida bunday tepaliklar odatda kulrang tusida bo`ladi.

10.jpg

“SpaceX” rahbari Ilon Maskning koinotga olib chiqilgan shaxsiy sport avtomobili.

    Boshqa yangiliklar