AsosiyJamiyat

Samarqandda quyosh batareya panellari ishlab chiqariladi

'Samarqandda quyosh batareya panellari ishlab chiqariladi'ning rasmi

Oqdaryo tumani hokimi boshchiligidagi delegasiyaning yaqinda Janubiy Koreyaga safari davomida "Sam Green Agro House" Co., ltd, "Rico Gropp", "Metabusco" korporasiyalari vakillari bilan uchrashuvlarda ana shunday kelishuvlarga erishildi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

"Bugungi kunda tumanimizda Koreya Respublikasidagi bir qator firma va kompaniyalar bilan hamkorlik yo`lga qo`yilgan. Ayniqsa, zamonaviy issiqxonalar tashkil etish borasida ko`plab loyihalar amalga oshirilmoqda. Safar davomida o`tkazilgan biznes forum, brifing va uchrashuvlarda hamkorlikning bugungi holati va kelgusi istiqbollarini atroflicha muhokama etdik. Natijada Koreya kompaniyalari tumanimizda zamonaviy issiqxona xo`jaliklari tashkil etish uchun 2,3 million dollar miqdorida investisiya kiritadigan bo`ldi. Shuningdek, energiya tejamkor quyosh batareya panellarini ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish rejalashtirildi", - deydi Oqdaryo tumani hokimi vazifasini bajaruvchi F.Abilov.

Bugungi kunda tumandagi Baraka massivida gidroponika usulidagi issiqxonalar qurish uchun 10 gektar er maydoni ajratilgan. Bu erda kartoshka urug`chiligi bo`yicha ham zamonaviy laboratoriya tashkil etiladi.

    Boshqa yangiliklar