AsosiyJamiyat

Endi nogironligi bo`lgan shaxslar ham ​Haj va Umra amallarini bajaradi

'Endi nogironligi bo`lgan shaxslar ham ​Haj va Umra amallarini bajaradi'ning rasmi

Haj va Umra mavsumida nafaqat sog`lom kishilar, balki balki nogironligi bo`lgan shaxslarning ham ibodatlarini ado etishlari uchun sharoitlar yaratilmoqda. Bu haqda O`zbekiston Musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Makka va Madina shaharlariga nogironligi bo`lgan kishilarga yordam ko`rsatish, ularning ibodatlarni qiyinchiliksiz ado etishlarini ta`minlash maqsadida Brayl yozuvidagi Qur`oni Karim nusxalari va nogironligi bo`lgan shaxslar uchun elektron nogironlik aravalari olib kelindi.

Ma`lumotlarga ko`ra, Makkadagi Katta Masjidning birinchi qavati nogironligi bo`lgan shaxslar kirishi uchun moslashtirildi.

Masjidlarda Qur`on o`qishda ko`mak beruvchi gapiruvchi ruchkalar tarqatilgan. Brayl yozuvidagi Mushaflar ham masjidlar kutubxonalari joylashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar