2018 yilning 16 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:30da Yaponiyaning Sapporo shahridagi (Xokkaydo prefekturasi) kafelar va ko`chmas mulk agentliklari joylashgan tijorat binosida portlash yuz bergani haqida Yaponiya OAV xabar tarqatdi.
TIV xabariga ko`ra, 17 dekabr tongi holatiga ko`ra 42 kishining turli darajadagi jarohatlar olgani haqida aytilmoqda.
"O`zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi konsullik bo`limi Xokkaydo prefekturasida yashovchi vatandoshlar bilan bog`langan. Jarohatlangan O`zbekiston fuqarolari to`g`risida ma`lumot kelib tushmadi", - deyiladi xabarda.
Portlashdan so`ng katta yong`in kelib chiqqan. Qutqaruv guruhi atrofdagi odamlarni evakuasiya qilib ulgurdi.
Qahvaxona va unga qo`shni bo`lgan binolar deyarli yo`q bo`lgani xabar qilinmoqda. Voqeaning yuz berish sabablari hozircha noma`lum.






