Biroz omadsiz chiqqan “Adolat ittifoqi” filmidan so`ng DC muxlislari Akvamen haqidagi kartinani intiqlik bilan kutib olishdi, deya xabar qilmoqda Gorodfinansov.ru nashri.
Ummonosti qahramoni haqidagi aynan mana shu film Marvelning “Qasoskorlar”iga qarshi javob bo`ladi, desak, mubolag`a bo`lmaydi.
Chinakam kinoixlomand filmni tomosha qilish jarayonida “Taxt”, “Indiana Jons”, “Tor”, “Yulduzlar jangi”, “Beshinchi unsur”, “Tig` uzra yuguruvchi”larga uyqashlik borligini sezishi mumkin. Ammo bu filmdan maroq olishga xalal bermaydi.
Film rejissyori Jeyms Van keng ko`lamli dengiz janglariyu qahramonlar duellarigacha, barcha-barchasini did bilan suratga olgan.
Bosh rolni ijro etgan Jeyson Momoa aynan shu personaj uchun tug`ilgandek.
Ammo ko`pchilik kinomuxlislar va kinotanqidchilar ushbu filmni Kristofer Nolan suratga olishini istagan edi. Ana o`shanda film katta bir falsafiy qissaga aylanar edi.






