Toshkentdagi muz saroyining qurilishi yakuniga etay deb qoldi. Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimovning Telegram kanalida berilgan ushbu suratlar bundan dalolat bermoqda, deb yozadi O`zA.
"Tez orada muz ustida uchish mumkin bo`ladi", - deyiladi suratlarga bildirilgan izohda.
Toshkent markazida, Beshyog`och dahasi yaqinida "Humo Arena" ko`p tarmoqli muz saroyini qurish ishlari reja bo`yicha 2018 yilning 31 dekabrigacha yakunlanib, foydalanishga topshirilishi kerak edi.
Majmuada o`lchamlari 60x30 metr bo`lgan ikkita - asosiy va mashq muz arenalari rejalashtirilgan bo`lib, bino umumiy maydoni 74 ming kvadrat metrni tashkil qiladi, bino to`rt qavatdan iborat, balandligi esa 36 metrni tashkil etadi.
Muz saroyi 12,5 ming o`tirish joylariga ega va konsert zali sifatida o`n ming, sport musobaqalar o`tkazish zali sifatida esa 14 ming tomoshabinga mo`ljallangan. Asosiy binoda 300 o`rinlik mashq arenasi ham loyihalashtirilgan.






