AsosiyJamiyat

Bojxonachilar tomonidan sifati kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlari to`xtatib qolindi

'Bojxonachilar tomonidan sifati kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlari to`xtatib qolindi'ning rasmi

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Do`stlik”, “Madaniyat” chegara bojxona postlari hamda Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan o`tgan 2 kun davomida qariyb 300 million so`mlik sifati kafolatlanmagan oziq ovqat mahsulotlari va turli xil shirinliklarni fuqarolar tomonidan qonunga xilof ravishda O`zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga bo`lgan urinishlari aniqlandi.

"Chegara bojxona postlari orqali piyoda harakatlanayotgan bir guruh moddiy manfaatdorlik evaziga yollangan fuqarolarning qo`l yuklari bojxona ko`rigidan o`tkazish chog`ida, ular tomonidan xech qanday sifatini, iste`mol qilishga yaroqliligini tasdiqlovchi hujjat va sertifikatlari bo`lmagan oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirayotganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar qonuniy xal bo`lguniga qadar dalolatnoma asosida vaqtincha saqlovga topshirildi", - deyilgan xabarda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar