AsosiySiyosat

Abdulla Aripov Qirg`izistonga boradi

'Abdulla Aripov Qirg`izistonga boradi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov 18 dekabr kuni Qirg`izistonga boradi.

"O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirg`iziston Respublikasi Bosh vaziri Muhammadkaliy Abilgaziev raisligida 2018 yilning 18 dekabr kuni O`sh shahrida O`zbekistonning chegaradosh viloyatlari rahbarlari bilan Qirg`iziston Hukumatining chegaradosh viloyatlardagi muxtor vakillari kengashining ikkinchi yig`ilishi bo`lib o`tadi", - deyilgan xabarda.

Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, Aripov O`shda Qirg`iziston Respublikasi bosh vaziri Muhammadkaliy Abilgaziev bilan uchrashadi.

    Boshqa yangiliklar