AsosiyJamiyat

Gay Rayder qadimiy Samarqand qog`ozi ishlab chiqarilishini kuzatdi

'Gay Rayder qadimiy Samarqand qog`ozi ishlab chiqarilishini kuzatdi'ning rasmi

Mamlakatimizga tashrif buyurgan Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) bosh direktori Gay Rayder boshchiligidagi delegasiya15 dekabr kuni Samarqand shahrida bo`ldi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Mehmonlarni Samarqand temiryo`l vokzalida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov kutib oldi.

Shu erdagi qisqa suhbat chog`ida 1992 yilda Xalqaro mehnat tashkilotining to`la huquqli a`zosi bo`lgan mamlakatimizda xalqaro konvensiyalar talablaridan kelib chiqib, mehnat qonunchiligini takomillashtirish, insonlar uchun munosib mehnat sharoiti yaratish, ularning huquq va manfaatlarini himoyalash qilish hamda ijtimoiy muhofazalash borasida olib borilayotgan ishlar xususida so`z yuritildi. Kuni kecha Toshkentda “Barqaror taraqqiyot maqsadlari doirasida munosib bandlikni ta`minlash: xalqaro amaliyot va O`zbekiston tajribasi” mavzuidagi xalqaro konferensiya muvaffaqiyatli o`tgani qayd etildi.

16.JPG

Shundan so`ng mehmonlar Samarqand shahridagi tarixiy-madaniy ob`ektlar va boshqa diqqatga sazovor maskanlar bilan tanishdi.

Xususan, Mirzo Ulug`bek rasadxonasi va muzey majmuasiga sayohat davomida buyuk munajjim Mirzo Ulug`bekning dunyo astronomiyasi faniga qo`shgan beqiyos hissasi haqida batafsil ma`lumot berildi. Xo`ja Doniyor maqbarasining yaratilish tarixi ham delegasiya a`zolarida katta taassurot qoldirdi.

“Konigil meros” oilaviy korxonasiga tashrif buyurgan mehmonlar qadimiy Samarqand qog`ozi tayyorlanish jarayoni, ushbu qog`ozdan tayyorlanayotgan sovg`abop buyumlar bilan yaqindan tanishdi. Shu erda Samarqand noni, Samarqand oshi tayyorlanish jarayonlarini ham bevosita kuzatishdi.

20.JPG

29.JPG

31.JPG

32.JPG

    Boshqa yangiliklar