AsosiySport

Qozog`istondagi turnirda hozircha bitta g`alaba va mag`lubiyat

'Qozog`istondagi turnirda hozircha bitta g`alaba va mag`lubiyat'ning rasmi

Qozog`istonning Almati shahrida voleybol bo`yicha erkaklar o`rtasida xalqaro turnir bo`lib o`tmoqda. Ushbu musobaqada yurtimiz sharafini “Orient” jamoasi himoya qilmoqda.

Vakillarimiz dastlabki turda mezbonlar – “Burevestnik Almati” jamoasiga qarshi o`yin o`tkazishdi va 0:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Ikkinchi uchrashuvda esa Qirg`izistonning “Bishkek” jamoasi 3:0 hisobida mag`lub etildi.

Bugun voleybolchilarimiz Turkmanistonning “Binagar” jamoasiga qarshi bahs o`tkazsalar, ertaga Rossiyaning “Medina Atletik” klubi bilan uchrashuv kutib turibdi.

    Boshqa yangiliklar