AsosiyJamiyat

O`zbekistonlik yoshlar Boku shahrida o`tkazilgan olimpiadada ikkinchi o`rinni egallashdi

'O`zbekistonlik yoshlar Boku shahrida o`tkazilgan olimpiadada ikkinchi o`rinni egallashdi'ning rasmi

2018 yilning 10-15 dekabr kunlari Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida matematika, fizika va ximiya fanlaridan 16 yoshgacha bo`lgan o`quvchilar o`rtasida bo`lib o`tayotgan olimpiadada O`zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan yuborilgan buxorolik 3 nafar o`quvchilar matematika va fizika fanlaridan 3 ta kumush medalni qo`lga kiritishdi.

Buxoro viloyatining Qorako`l tumanida joylashgan 1-sonli ixtisoslashitirilgan davlat umumta`lim maktabidan 9-sinf o`quvchilari Ismoilov Doniyor, Ostonova Sevara va 8-sinf o`quvchisi Rajabboev Lazizbeklar ishtirok etishmoqda. Ular jami 12 ta davlatdan 112 nafar o`quvchilar orasida g`oliblikni qo`lga kiritdi. 2013 yildan beri o`tkazilayotgan mazkur olimpiadada ilk bor ishtirok etayotgan O`zbekiston Respublikasi yoshlari mazkur olimpiadada umumjamoa hisobida 2 o`rinni egalladi.

    Boshqa yangiliklar