Qoraqalpog`iston Respublikasida “Qorako`lchilikni rivojlantirish” jamg`armasini tashkil etish maqsadida ATB “Xalq banki” Qoraqalpog`iston Respublikasi filialida “Qorako`l” uyushmasining maxsus hisob raqami ochildi.
“Qorako`lchilikni rivojlantirish” jamg`armasiga mahalliy byudjetdan 2 mlrd. so`m miqdorida mablag` ajratish nazarda tutilmoqda.
Ushbu jamg`arma mablag`larini qorako`lchilik sub`ektlarida naslchilik ishlarini takomillashtirish, ularning moddiy texnika bazasini mustahkamlash va nasldor qorako`l qo`ylarini xarid qilish uchun 3 yil muddatga 3 foizli imtiyozli yillik stavka bo`yicha kredit liniyalari shaklida yo`naltirish belgilab qo`yilgan.






