Toshkent xalqaro aeroporti ochiq va belgilangan tartibda ishlamoqda. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar berdi.
Uzbekistan Airways barcha yo`lovchilarga oq yo`l va qulay ob-havo sharoitlarini tilagan.
Eslatib o`tamiz, noqulay ob-havo tufayli Toshkent, Farg`ona, Urganch va Nukus xalqaro aeroportlari vaqtincha yopilgani haqida xabar bergan edik.






