AsosiyJamiyat

Samarqandda Davlat xizmatlari agentligi bir yillikni o`zgacha nishonlashdi (foto)

'Samarqandda Davlat xizmatlari agentligi bir yillikni o`zgacha nishonlashdi (foto)'ning rasmi

Bugun Davlat xizmatlari agentligiga asos solinganligiga 1 yil bo`ldi. Ushbu sana munosabati bilan mamlakatimizning barcha Davlat xizmatlari markazlari tashrif buyuruvchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari ham ushbu kunni o`zgacha nishonlashdi. Ular Agentlikni bir yilligi munosabati bilan shar uchirishdi va balandligidan tabriklashdi!

Ma`lumot uchun: viloyatda joriy yilning o`tgan 11 oyi davomida aholi va tadbirkorlik sub`ektlariga 409 ming 254 davlat xizmatlari ko`rsatildi, 23 ming 252 tadbirkorlik sub`ekti davlat ro`yxatidan o`tkazildi. Shuningdek, 57 ta chet el investisiyasi ishtirokidagi korxonalar davlat ro`yxatidan o`tdi.

Bundan tashqari, markazlar tashkil etilgandan buyon aholining huquqiy savodxonligini oshirish va sohada yuz berayotgan o`zgarishlarni etkazish borasida joylarda 5 600 dan ortiq targ`ibot tadbirlari tashkil etildi. Ushbu tadbirlar davomida 2400 dan ziyod fuqaro sayyor tartibda tadbirkor sifatida davlat ro`yxatidan o`tkazildi. Sayyor tadbirlar davomida Nurobod tumanining Jom qishlog`ida, Jomboy tumanining olis hududlarida yashovchi 340 ga yaqin fuqaroga pasport, tug`ilganlik va o`lim, qayta nikoh guvohnomasi, tadbirkorlikni ro`yxatdan o`tkazish va kadastr hujjatlari berildi.

    Boshqa yangiliklar