Kecha oqshom o`tkazilgan Evropa chempionlar ligasining guruh bosqich oltinchi tur uchrashuvlaridan so`ng nimchorak finalga chiqqan 15ta jamoaning nomi ma`lum bo`ldi, deb xabar bermoqda Olamsport nashri.
Unga ko`ra quyidagi jamoalar EChLning 1/8 finaliga yo`llanmani qo`lga kiritib ulgurgan:
«Atletiko», «Barselona», «Real» (hammasi — Ispaniya), «Bavariya», «Borussiya», «Shalke» (hammasi — Germaniya), «Manchester Siti», «Manchester Yunayted», «Liverpul», «Tottenxem» (hammasi — Angliya), «Roma», «Yuventus» (hammasi — Italiya), «Ayaks» (Niderlandiya), «Portu» (Portugaliya), PSJ (Fransiya).
Bugun F guruhida so`nggi yo`llanmasi sohibi ma`lum bo`ladi. Unda «Lion» va «Shaxtyor» 1/8 finalga chiqish uchun kurash olib boradi. Nimchorak finalga qur`a tashlash marosimi 17 dekabr, dushanba kuni bo`lib o`tadi.






