Toshkent shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasi tomonidan shahrimizda kuz-qish mavsumini betalafot o`tkazish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda bartaraf etish chora-tadbirlari davom etmoqda.
Tadbir doirasida yog`ingarchilik oqibatida ijtimoiy soha ob`ektlari tomonidan shahar ko`chalarida sodir bo`layotgan toshqinlarning oldini olish vazifasi belgilangan.
Shu bois drenaj tizimini yaxshilash borasidagi ta`mirlash ishlari Yunusobod tumanining Yangi shahar, Amir Temur ko`chalari hamda Olmazor tumanining Kichik xalqa yo`li ko`chalarida amalga oshirildi.
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Chingiz Aytmatov (eski Bodomzor yo`li) ko`chasi va Osiyo ko`chalari 12 dekabr kuni 10:00dan 13:00ga qadar yopiladi.

Bu ishlar Mirzo Ulug`bek tumanining Fazo ko`chasida davom ettiriladi.






