Erkaklar o`rtasidagi bu yilgi O`zbekiston chempionatiga Samarqand shahri mezbonlik qiladi, deb xabar berdi MOQ matbuot xizmati.
Bugun shahardagi Olimpiya zaxiralarini tayyorlash markazida bahslarga start berildi.
Musobaqada yurtimizning turli xududlaridan 277 nafar charm qo`lqop ustasi ishtirok etmoqda. O`zbekiston boks federasiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, bellashuvlarda Hasanboy Do`smatov, Iqboljon Xoldorov, Rustam To`laganov, Bobousmon Baturov, Miraziz Mirzahalilov kabi bokschilarimiz ham sovrinli o`rinlar uchun kurash olib boradilar.
Bahslar 8 ta vazn toifasida (-52, -57, -63, -69, -75, -81, -91, va +91 kg) o`tkaziladi. Chempionat 17 dekabrga qadar davom etadi.






