Turkiyaning Xatay provinsiyasida bo`lgan otishmada kurdlar tomonidan 17 yoshli qiz otib o`ldirildi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Nashrning xabar berishicha, voqea Reyxanli shahridagi Gyultepa kvartalida ro`y bergan. Kurdlar chegara ustidan bir necha marotaba raketa otishgan. Oqibatda 17 yoshli Fatma Avlar ismli turkiyalik qiz yarador bo`lib, halok bo`lgan.
Uyining devoriga snaryad tekkan yana bir mahalliy aholiga tegishli erkak yaralanib, kasalxonaga yotqizilgan. Snaryadlar tegishi oqibatida bir qancha binolar va avtomobillarga ham zarar etgan.
Turkiya 20 yanvardan beri kurdlarga qarshi “Zaytun shoxi” nomli operasiyani amalga oshirmoqda. Kurdlarning ma`lumot berishicha, operasiyaning birinchi haftasida turk harbiylari 89 nafar tinch aholini o`ldirgan, 200 nafarga yaqin odamni yaralagan.






