Rossiyadan kuba sari parvoz qilgan Rossiya samolyoti AQSh hududida shoshilinch qo`nishni amalga oshirdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Manbaning xabar berishicha, Rossiyaning Azur Air aviakompaniyasiga tegishli charter reysi Atlantik-Siti xalqaro aeroportida shoshilinch qo`nishni amalga oshirdi. Samolyot bortida 294 nafar yo`lovchi va 14 nafar ekipaj a`zosi bo`lgan.
Voqea joyiga Rossiyaning Nyu-Yorkda joylashgan elchixonasi vakillari zudlik bilan etib kelishgan. Yo`lovchilar evakuasiya qilingan. Ular ayni paytda aeroportning kutish zalida parvozni kutishmoqda. Samolyotni ta`mirlash uzoq vaqtni talab etadigan bo`lsa, yo`lovchilarga mehmonxonalardan joy ajratilishi ko`zda tutildi.






