AsosiyDunyo

Ukraina sobiq bosh vaziriga nisbatan qidiruv e`lon qilindi

'Ukraina sobiq bosh vaziriga nisbatan qidiruv e`lon qilindi'ning rasmi

Ukrainada davlat mulkini noqonuniy ravishda o`zlashtirishda ayblanib, jinoyat ishi qo`zg`atilgan sobiq bosh vazir Mikola Azarovga nisbatan qidiruv e`lon qilindi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Bu haqda Ukraina Bosh prokurori Yuriy Lusenko o`zining Faeysbuk sahifasida ma`lum qildi.

U 2,2 milliard grivna miqdorida davlatga zarar keltirgan. Shuningdek, Ukraina Milliy bankining sobiq rahbari Sergey Arbuzovga nisbatan ham qidiruv e`lon qilindi. Arbuzov mablag`larni noqonuniy o`zlashtirishda u bilan daxldorlikda gumon qilinmoqda.

2017 yilning may oyida Kiev shahrining Pecher tuman sudi Azarov va Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichlarga nisbatan sirtdan ayb qo`ygan edi. Ular “Ukrtelekom” kompaniyasining mablag`larini o`zlashtirishda ayblangan edi.

    Boshqa yangiliklar