AsosiyDunyo

Amerikalik ayol 10 yil avval o`ldi, deb o`ylagan mushugini topdi

'Amerikalik ayol 10 yil avval o`ldi, deb o`ylagan mushugini topdi'ning rasmi

10 yil ilgari mushugini yo`qotib, uni o`ldi deb o`ylagan amerikalik ayol uni tirik uchratdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Chikago shahrida yashovchi Lora Kleban (Laura Kleban) va uning oila a`zolari bundan o`n yil ilgari yo`qotib qo`ygan Oliver laqabli mushuklarini mashina bosib ketgan, deb hisoblashardi. Chunki ular mushukni qidirib yurishganda, yo`l bo`yida xuddi Oliverga o`xshagan mushukning mashina bosib ketgan jasadiga duch kelishgan edi. O`shanda mushuk 2, egasi esa 17 yoshda edi.

Biroq yaqinda egasiz mushuklarni yig`ish bilan shug`ullanuvchi ko`ngillilar tashkiloti a`zosi Kim Vonesh (Kim Vonesh) tasodifan Oliverni topib oldi. Ma`lum bo`lishicha, Oliverni mahalliy qo`riqchilardan biri boqib olgan. Ko`ngillilar maxsus mikrochip orqali mushukning Oliver ekanligini aniqlashdi va egasiga qaytarishdi.

    Boshqa yangiliklar