Kunduzgi uyquni xush ko`ruvchi odamlar Alsgeymer kasalligiga ko`proq moyil bo`lishi ma`lum bo`ldi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Buni, AQShdagi Vashington universiteti shifokorlari aniqlashdi.
Shifokorlar o`tkazgan tadqiqotda 189 kishi ishtirok etdi. Ularning o`rtacha yoshi 66 yoshda edi.
Olimlar ikki hafta davomida ko`ngillilarning biologik faolligini kuzatdilar. Bundan tashqari, miya MRI tasvirlar olindi .
Natijada miya faoliyati buzilib, kechasi uxlay olmay, kunduzi uyqusirab yuradigan odamlar mazkur kasallikka chalinishga moyil bo`lishlari ma`lum bo`ldi.






