“Toshkent” seysmostansiyasining bergan birlamchi ma`lumotiga ko`ra, 2018 yilning 31 yanvar kuni soat 12:08 da O`zbekistonning ayrim hududlarida zilzila qayd etilgan, deya xabar berdi O`zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.
Zilzilaning epimarkazi Toshkent shahrining janubiy-sharqiy yo`nalishida 517 km uzoqlikda Afg`oniston Respublikasining Hindiqush tog`lariga to`g`ri keladi. Epimarkazda qayd etilgan zilzila magnitudasi M=6,0 ni tashkil etgan.
Xabar qilinishicha, respublika hududida seysmik faollik Toshkentda 3-4 ball, Farg`onada 3,5 ball, Qashqadaryoda 4 ball, Boysunda 4 ballni tashkil etgan.
O`zbekistonning boshqa hududlarida seysmik faollik kuzatilmagan.






