AsosiyJamiyat

Buxoroda 10 ming dollar bilan valyutafurush qo`lga olindi

'Buxoroda 10 ming dollar bilan valyutafurush qo`lga olindi'ning rasmi

Buxoro viloyati Buxoro tumani O`zbakon qishlog`ida yashovchi Nasibali Yusufaliev (ism-sharifi o`zgartirilgan) bankdan tashqari valyuta muomalasining aylanishi qonunga zid ekani, qolaversa, bunday harakatlar milliy iqtisodiyotimizga zarar etkazishini yaxshi bilardi.

Buxoro shahrida valyutaga oid jinoyatlarni aniqlash maqsadida amalga oshirilgan tezkor tadbirlarning birida Nasibali “nasibasiz” qoldi.

U Buxoro viloyati markazida yashovchi G.R. ismli ayolga 1 AQSh dollarini 8160 so`mdan, jami 6700 dollarni sotayotganda qo`lga tushdi. Xolislar ishtirokida uning avtomashinasi ko`zdan kechirildi. Avtoulov kabinasi naq mitti “ayriboshlash shoxobchasi” ekan. Unda 2190 AQSh dollari, 8500 Rossiya rubli va 8 million 525 ming so`m pul borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

Qonunga ko`ra, noqonuniy muomalada bo`lgan valyuta davlat foydasiga musodara qilinadi. Bu yog`i jinoyat ishlari bo`yicha sudda hal bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar