Bu safar sanksiyalar Ukraina bilan bog`liq bo`lib, u erga Donesk va Lugansk xalq respublikalarining bir qator rahbarlari kiritildi, deb xabar berdi RIA Novosti nashri.
AQSh Moliya vazirligi Rossiya bilan bog`liq sanksiyalar ro`yxatini kengaytirganini xabar qildi. Xususan, faoliyatiga turli cheklovlar kiritilgan kishilar ro`yxatiga Donesk va Lugansk xalq respublikalarining 10ta vazirlari ismlari hamda Sevastopol shahri meri Dmitriy Ovsyannikov ham kiritildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
“Ushbu sanksiyalar Ukraina hududining yagonaligi buzilishga sababchi bo`lgan shaxslarni javobgarlikka tortishga qaratilgan harakatlarning bir qismidir”, — deyilgan xabarda.
Yangi sanksiyalar ro`yxatiga DNR Axborot vaziri Igor Antipov, sanoat va savdo vaziri Aleksey Granovskiy, moliya vaziri Ekaterina Matyushenko, TIV rahbari Natalya Nikonorova, davlat xavfsizligi vaziri Vladimir Pavlenko, adliya vaziri Elena Radomskaya, soliq vaziri Aleksandr Timofeev, iqtisodiy rivojlanish vaziri v.b. Elena Kostenko, Lugansk Xalq respublikasi mehnat va ijtimoiy siyosat vaziri Svetlana Malaxova, energetika vaziri Pavel Malginlar kiritildi.
AQSh Moliya vazirlig xabariga ko`ra, yuqorida ismi-sharifi keltirilgan fuqarolar Ukraina davlat hududi yagonaligining buzilishi, mamlakat suverenitetiga xavf solish va boshqa ishlarda ayblanmoqda.






