AsosiyJamiyat

27 yanvardan havo harorati keskin pasayishi kutilmoqda

' 27 yanvardan havo harorati keskin pasayishi kutilmoqda'ning rasmi

27 yanvar kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Kechasi 8—10, kunduzi 2—4 daraja sovuq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va tog`li hududlarda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda sekundiga 17—22 metrgacha kuchayishi mumkin. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin.

Qoraqalpog`iston Respublikasida kechasi 15—20, kunduzi 7—12, Ustyurt bo`ylab kechasi 23—28, kunduzi ba`zi joylarda 12—17 darajagacha sovuq bo`ladi.

Xorazm viloyatida kechasi 12—17, kunduzi 3—8 daraja sovuq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi 10—15, kunduzi 2—7, cho`l hududlari bo`ylab kechasi 15—20, kunduzi 7—12 daraja sovuq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kechasi 5—10, kunduzi 0—5 daraja sovuq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kechasi 2—7 daraja sovuq, kunduzi 3—8 darajagacha iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida kechasi 3—8 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida kechasi 10—15, kunduzi 5—10 daraja sovuq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar