Qirg`izistonda tog` chang`isi bo`yicha o`tkazilgan “Orlovka Cup” xalqaro turnirida O`zbekiston terma jamoasi 2 oltin va 1 bronza medalga sazovor bo`ldi.
Chang`i sport turlari xalqaro federasiyasi (FIS) tomonidan o`tkazilgan musobaqada O`zbekiston, Qirg`iziston, Qozog`iston va Tojikistondan kelgan sportchilar ishtirok etdi. Nufuzli turnirda mamlakatimiz sharafini Arman Gayupov, Komil To`xtaev, Damir Buxarbaev, Rolan Raimqulov, Muhammadali Asanov va Ulan Gayupov himoya qildi.
Tog` chang`isining slalom yo`nalishida ikki startdan iborat musobaqada Komil To`xtaev barcha raqiblarini orta qoldirib terma jamoamizga 2 oltin medalni keltirgan bo`lsa, yana bir sportchimiz Rolan Raimqulov bronza medalga sazovor bo`ldi.
Bu musobaqa sportchilarga XXIII qishki Olimpiya o`yinlari oldidan so`nggi tayyorgarlik vazifasini o`tab berdi.






