Qirg`iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov 1-2 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan Tojikistonga boradi, deb xabar bermoqda Sinxua.
Ikki davlat rahbarlari Qirg`iziston bilan Tojikistonning iqtisodiyot, savdo, xavfsizlik, energetika, transport sohalari va mintaqaviy loyihalarni amalga oshirish borasidagi hamkorligini muhokama qilishi, BMT, EXHT, MDH, ShHT va KXShT doirasidagi aloqalar yuzasidan fikr almashishi kutilmoqda.
Avvalroq “Kabar” agentligi Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning Qirg`iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekovga yo`llagan maktubida ushbu tashrif haqida so`z borganini yozgan edi.






