Rossiya Markaziy saylov komissiyasi Dog`iston muftiysining rafiqasi, jurnalist Ayna Gamzatova nomzodini mamlakat prezidentligiga ilgari surishni qo`llab-quvvatlash uchun tuzilgan tashabbuskor guruhni ro`yxatdan o`tkazishdan bosh tortdi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Biz ilgari Dog`iston respublikasi muftiysining rafiqasi va “Islom” jurnali bosh muharriri Ayna Gamzatovaning 2018 yilda bo`lib o`tadigan Rossiya prezidentligi saylovida o`z nomzodini qo`yishni rejalashtirgani haqida ma`lumot bergan edik.
Komissiya mazkur qarorning asosiy sababi sifatida Gamzatova nomzodini ilgari surish bo`yicha yig`ilish o`tkazish haqida bildiruv taqdim etish muddatining buzilishini ko`rsatdi.
Shuningdek, Gamzatova o`zi va turmush o`rtog`ining daromadlari to`g`risida ma`lumot ham taqdim etmagani ro`kach qilinmoqda.
Rossiya prezidentligiga saylov 2018 yilning 18 mart kuni bo`lib o`tadi. Saylov kompaniyasi rasman 18 dekabrdan ish boshlagan.






