Yaman qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig`i Tohir al-Uqayli o`tirgan mashina Saudiya Arabistoni chegarasi yaqinida minaga duch kelib, portladi, deb xabar bermoqda Ria.ru nashri.
General-mayor Tohir al-Uqayli Al-Jauf viloyatidagi Xabb ash-Shaaf tumanida mina portlashi oqibatida yaralandi. Al-Uqayli qo`lidan jarohat oldi va kasalxonaga etkazildi.
Bosh shtab boshlig`i bilan birga mashinada bo`lgan viloyat gubernatori Amin al-Uqaymi ham portlashda omon qoldi.
Eslatib o`tamiz, 2014 yildan beri Yamanda shialarning “Ansar Alla” jangovor harakati bilan hukumat qo`shinlari orasida qurolli to`qnashuv ketmoqda.






