AQShning Nyu-York shtatida joylashgan Rochester shahrida yashovchi Bet Verstit ismli qiz Vashingtondan parvozni amalga oshirayotgan samolyot bortida aviakompaniya tomonidan yuz bergan xatolik tufayli uning yagona yo`lovchisiga aylandi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Aviakompaniya qiz parvoz qilishi lozim bo`lgan reys, ya`ni yo`lovchi laynerini adashib, aviakompaniya xodimlariga xizmat ko`rsatuvchi laynerga almashtirib qo`ydi. Birozdan so`ng vakillar xatolikni anglab, yo`lovchilar uchun tezda boshqa laynerni topishdi. Ammo Bet bundan bexabar qoldi.
Shuning uchun ham qiz kutish zalida yolg`iz qoldi. Oqibatda aviakompaniya uni manziliga etkazishga qaror qilib, xizmat samolyotiga o`tqazishdi. Bet mazkur samolyotning yagona yo`lovchisiga aylandi.
Vashingtonga etib kelgan qiz parvoz juda maroqli kechganligini, barcha super qulayliklar mavjud bo`lganligini ma`lum qildi. Uning so`zlariga qaraganda, parvoz atigi bir soat davom etganligi uchun qiz ichimlik va ovqat so`ramagan.






