AsosiySport

ROSSIYa O`ZBEKISTON BILAN YILQIChILIK VA OT SPORTI SOHASIDA HAMKORLIK QILADI

'ROSSIYa O`ZBEKISTON BILAN YILQIChILIK VA OT SPORTI SOHASIDA HAMKORLIK QILADI'ning rasmi

Rossiya ot sporti federasiyasi prezidenti Marina Sechina hamda O`zbekiston yilqichilik va ot sporti federasiyasi raisi o`rinbosari Eldor Anorboev o`zaro hamkorlik to`g`risidagi kelishuvga imzo chekdilar.

Rossiya hamda O`zbekiston o`rtasida qaror topgan chuqur tarixiy an`analar inobatga olingan holda qabul qilingan ushbu hujjat har ikki mamlakatda ham ot sportini rivojlantirish yo`lida muhim qadamga aylanishi, shubhasiz.

O`zaro hamkorlik doirasida O`zbekiston va Rossiya hududida ot sportini har tomonlama rivojlantirish hamda qo`llab-quvvatlash, sohaga zamonaviy ish uslublarini tatbiq etish hisobiga ot sportida erishiladigan muvaffaqiyatlarni ko`paytirish, uning ommaviyligini oshirish, aholining barcha yosh toifasini ushbu sport turiga keng jalb etish, nasldor va sport yilqichiligini ravnaq toptirish asosiy vazifalar sifatida belgilab olindi. Qolaversa, xalqaro musobaqalar tashkil qilish, mutaxassislar tayyorlash, moddiy-texnika bazani yaratish borasida qator ishlarni bajarish rejalashtirilmoqda.

Dastlabki qo`shma loyihani esa shu yilning yoz mavsumida amalga oshirish ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar