AsosiyJamiyat

QARShI ShAHRI KO`ChALARIDAN ZIRHLI HARBIY TEXNIKA MARSh BILAN O`TDI (FOTO)

'QARShI ShAHRI KO`ChALARIDAN ZIRHLI HARBIY TEXNIKA MARSh BILAN O`TDI (FOTO)'ning rasmi

Qarshida «Milliy armiyamiz — yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir» shiori ostida Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 26 yilligi va 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Janubi-g`arbiy maxsus harbiy okrugi qo`shinlari qo`mondonligi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan harbiy texnikalar namoyishi tashkil etildi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Shahar ko`chalari bo`ylab zirhli harbiy texnika tantanali marsh bilan harakatlandi.

5.jpg

– Eng so`nggi rusumdagi komp`yuterlashtirilgan harbiy texnikalarni o`zbek o`g`lonlari mahorat bilan boshqarib borayotganini ko`rish qalbimda iftixor tuyg`usini yanada yuksaltirdi, – deydi qarshilik mehnat faxriysi Bo`ri bobo Norqobilov. – Prezidentimizning ham maqsadi intellektual salohiyatli, zamonaviy bilimlarni puxta egallagan harbiylarga ega milliy armiyamizni shakllantirishdir. Bunday yoshlar bizning umidimiz, kelajagimiz. Ular xalqimiz osoyishtaligi, osmonimiz musaffoligi va davlatimiz sarhadlari daxlsizligini ta`minlashga qodir.

Harbiy texnikalar namoyishida ishtirok etgan 1000 dan ziyod o`quvchi-yoshlar harbiy texnikalar, o`qotar qurol-aslahalar bilan yaqindan tanishdi, mutaxassislardan ular to`g`risida ma`lumotlar oldi.

– Bunday harbiy texnikalarni faqat filmlarda ko`rganman, – deydi kollej o`quvchisi Doston Mirzaev. – Mamlakatimiz harbiy qudratini ta`minlaydigan shunday texnikalarimiz borligidan, rosti, g`ururlandim. Ularni boshqarayotgan harbiylarga havasim keldi. Harbiy sohaga qiziqishim ortdi. Ayniqsa, tantanali marsh yakunlangach, harbiy xizmatchilar o`zlari boshqargan harbiy texnikalar imkoniyatlari haqida bergan ma`lumotlar meni bu sohaga butkul maftun etib qo`ydi.

    Boshqa yangiliklar