AsosiyDunyo

YO`LOVChI SAMOLYoT QO`NIShINI KUTMAY, AVARIYa LYuKIDAN SAKRADI (VIDEO)

'YO`LOVChI SAMOLYoT QO`NIShINI KUTMAY, AVARIYa LYuKIDAN SAKRADI (VIDEO) 'ning rasmi

Ispaniyaning Malaga shahar aeroportida kulgili voqea ro`y berdi, deb yozdi Tengrinews.kz nashri.

Irlandiyaning Ryanair loukosteri yo`lovchisi samolyot qo`ngandan keyin uzoq vaqt kutishni istamay, avariya lyuki orqali tashqariga, samolyot qanotiga chiqib oldi.

Nashrning xabar berishicha, Londondan kelgan reys taxminan yarim soat ushlanib qolgan. Kutishdan charchagan 57 yoshli, Viktor ismli Polsha fuqarosi zahira chiqish eshigini ochib, samolyot qanotiga sakragan. Erkak bort kuzatuvchilari uni salonga qaytishga ko`ndirgandan keyingina ichkariga kirgan. Mazkur voqeani yo`lovchilardan biri videoga olgan.

Boshqa nashrning xabar berishicha, polshalik erkak astmadan qiynalganligi bois toza havodan nafas olish uchun tashqariga sakragan. Erkak parvoz vaqtida ham muntazam ravishda ingalyatordan foydalangan. Keyinchalik ma`lum bo`lishicha, u mahalliy hukumat tomonidan qo`lga olingan. Erkak o`zining xatti-harakati bilan aeroport xavfsizlik qoidalarini buzgan.

    Boshqa yangiliklar