AsosiyDunyo

JANUBIY AFRIKADA POEZD HALOKATGA UChRADI, QURBONLAR BOR

'JANUBIY AFRIKADA POEZD HALOKATGA UChRADI, QURBONLAR BOR'ning rasmi

Janubiy Afrika Respublikasida poezd ishtirokida ro`y bergan yo`l-transport hodisasi oqibatida halok bo`lganlar soni 12 nafarni tashkil etdi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

Shuningdek, 260 kishi jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilgan.

Ayni vaqtda jarohatlanganlarning bir qanchasi og`ir ahvolda qolmoqda.

Bugun Port-Elizabettdan Yoxannesburgga qarab yo`l olgan poezdga Hennenman va Krunstad aholi puntklari o`rtasidagi hududda yuk mashinasi kelib urildi. Natijada bir necha vagonlar ag`darildi, voqea joyida yong`in kelib chiqdi. Yuk mashinasi haydovchisi avtomobilni o`z vaqtida to`xtata olmagani bois poezdning birinchi va ikkinchi vagonlariga kelib urildi. Guvohlarning ma`lum qilishicha, kuchli zarbadan poezd vagonlari relsdan chiqib ketgan.

    Boshqa yangiliklar