AsosiyDunyo

TOJIKISTONLIK IMOM ERONNI 150 MING NAFAR VATANDOShLARINING O`LIMIDA AYBLADI

'TOJIKISTONLIK IMOM ERONNI 150 MING NAFAR VATANDOShLARINING O`LIMIDA AYBLADI 'ning rasmi

Tojikistonlik imom-xatib Abdusattor Yusupovning aybloviga ko`ra, o`tgan asrning 90-yillarida Tojikistondagi islom fundamentalizmi tarafdorlarini aynan Tehron qo`llab-quvvatlagan, deb xabar berdi Sputnik Tojikiston nashri.

Abdusattor Yusupov Tojikistonning 150 ming nafar fuqarosining o`limida aynan Eron aybdor, deb ta`kidladi. Uning bunday bayonoti Tojikiston din ishlari bo`yicha qo`mitasi saytiga joylashtirildi,

Imomning aybloviga ko`ra, o`tgan asrning 90-yillarida Tojikistondagi islom fundamentalizmi tarafdorlarini aynan Tehron (moliyaviy va targ`ibot ishlari orqali) qo`llab-quvvatlagan. Shu tarzda u 1992-1997 yillarda fuqarolar urushi kelib chiqishiga sababchi bo`lgan.

Xabarda aytilishicha, imom tarafidan fuqarolar urushida halok bo`lganlar soni bir necha baravarga oshirib aytilgan. Nizolar davomida 70 mingga yaqin kishi halok bo`lgan va bedarak yo`qolgan deb hisoblanadi. Yana 60000dan ortiq kishi Afg`onistonga qochib o`tgan va 200 mingga yaqin kishi MDH mamlakatlariga qochoq sifatida ko`chib o`tgan.




    Boshqa yangiliklar