AsosiyJamiyat

SAMARQANDDA PROFILAKTIKA INSPEKTORLARIGA MAShINA VA UY-JOYLAR KALITLARI TOPShIRILDI

'SAMARQANDDA PROFILAKTIKA INSPEKTORLARIGA MAShINA VA UY-JOYLAR KALITLARI TOPShIRILDI'ning rasmi
Joriy yilning 23 dekabr kuni Samarqand shahrida viloyat ichki ishlar boshqarmasi ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika inspektorlarining tantanali qasamyod qabul qilish marosimi bo`lib o`tdi.

Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi N.Yo`ldoshev, O`zbekiston Ichki ishlar vaziri P.Bobojonov, viloyat hokimi T.Jo`raev va boshqalar Prezidentimizning alohida e`tibori tufayli profilaktika inspektorlarining samarali faoliyat ko`rsatishi uchun barcha sharoitlar yaratilib, davlatimiz tomonidan keng imtiyozlar berilayotganligini ta`kidlab, profilaktika inspektorlarini tantanali marosim bilan qutladilar.

Marosimda 409 nafar profilaktika inspektori tantanali qasamyod qabul qildi. Ularga zamonaviy xizmat uylari va imtiyozli kredit asosida xarid qilingan yangi avtomashinalar kalitlari topshirildi.


    Boshqa yangiliklar