Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Rossiyaning Lipesk va Voronej osmonida paydo bo`lgan g`alati yog`duni raketaning ortidan qolgan iz deb, ba`zilari esa uchar likopcha deb qabul qilishdi, deya xabar qildi Tvzvezda.ru nashri.
Lipesk va Voronej viloyati aholisi 25 dekabrdan 26 dekabrga o`tar kechasi osmonda paydo bo`lgan g`alati yog`duni muhokama etishmoqda. Metereolog Aleksandr Sushkovning fikricha, bunday bulutlarning hech qanday g`alati joyi yo`q, u muzlagan suv tomchilaridan paydo bo`lgan. Uning balandligi 22-30 kilometrni, havo harorati esa -70 darajani tashkil etadi.






