Qozog`istonning Ostona shahrida noqulay ob-havo sharoiti tufayli maktablarda 2-smena mashg`ulotlari bekor qilindi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
“Kazgidromet”ning xabar berishicha, shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrni tashkil etganligi tufayli maktablarda, kollejlardagi 2-smena mashg`ulotlari bekor qilingan. Qozog`iston hududida 28 dekabrdan boshlab, Sibir antisikloni kirib kelishi kuchli qor bo`ronlari, izg`irin bo`lishi, havo haroratining tushib ketishi kutilmoqda.






