Kecha Evropa chempionlar ligasi 1/8 final uchrashuvlariga yakun yasaldi.
Mehmondagi uchrashuvda 2:0 hisobida mag`lubiyatga uchragan “Manchester Yunayted” keyingi bosqichga chiqish uchun ”Olimpiakos” darvozasiga javobsiz 3 ta to`p kiritishi lozim edi. Devid Moyes Shogirdlari bu vazifani uddalashdi. Uchrashuvda Robin Van Persi 25, 45, 52-daqiqalarida gol kiritib, xet-trikka erishdi va jamoasiga kerakli bo`lgan 3:0 hisobidagi g`alabani olib keldi.
Birinchi Uchrashuvda o`z maydonida 2:4 hisobida mag`lubiyatga uchragan “Zenit” klubi mehmonda “Borussiya” ustidan 1:2 hisobida ustun keldi. Ammo bu hisob “Zenit”ni keyingi bosqichga olib chiqish uchun etarli bo`lgani yo`q.
Shu tariqa, ¼ finalga yo`l olgan jamoalar bilan tanishing: «Manchester Yunayted», «PSJ», «Real», «Barselona», «Bavariya», «Borussiya», «Atletiko» va «Chelsi».
Chorak finalga qur`a tashlash marosimi juma kuni bo`lib o`tadi.





