AsosiyJamiyat

​OROLBO`YIDA IQTIDORLI BOLALAR MAKTABI OChILDI

'​OROLBO`YIDA IQTIDORLI BOLALAR MAKTABI OChILDI'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev joriy yil 20-21 yanvar kunlari Qoraqalpog`iston Respublikasiga safari chog`ida O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq shoiri, O`zbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktab-internati qurilishi bilan tanishgan va loyihani yanada takomillashtirish bo`yicha zarur tavsiyalar bergan edi.

O`tgan qisqa vaqtda qurilib foydalanishga topshirilgan mazkur maskanda o`quvchilarning zamonaviy ta`lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoit yaratildi.

Vatanimiz mustaqilligining 26 yillik bayramiga munosib sovg`a bo`lgan davlat umumta`lim maktab-internati 216 o`quvchiga mo`ljallangan. Muassasada 100 o`rinli yotoqxona, oshxona, sport zali, laboratoriya, kutubxona, axborot-texnologiyalari xonasi zamonaviy jihozlangan. Turli tillardagi adabiyotlarni qoraqalpoq tiliga tarjima qilish bo`limi, kitoblar chop etish uchun mo``jaz bosmaxona faoliyati ham yo`lga qo`yildi.

    Boshqa yangiliklar