Kuni kecha Muqimiy nomidagi O`zbekiston davlat musiqali teatrida 79 mavsumning tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Marosimda O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari Ozodbek Nazarbekov, teatr direktori Mirza Azizov, aktyor Ma`ruf Otajonov, O`zbek milliy akademik drama teatri direktori Fathulla Ma`sudovlar so`zga chiqib, yurtimizda teatr sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, o`zgarishlar haqida o`z fikrlarini bildirib, Muqimiy nomidagi O`zbekiston davlat musiqali teatrini navbatdagi ochilish mavsumi bilan samimiy qutladilar va teatrning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladilar.
Ochilish marosimida sozandalar ansambli, raqqosalar va teatr aktyorlarining musiqali chiqishlari namoyish etildi. Marosimdan so`ng Sobir Abdulla qalamiga mansub “Tohir va Zuhra” spektakli tomoshabinlar e`tiboriga havola qilinib, teatrning navbatdagi mavsumi ochiq deb e`lon qilindi.






